Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Merlin-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Osiyo-Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda har yilgi “shakar sarosimasi” boshlandi

Toshkent shahri aholisi shakarning qimmatlashishidan xavotirlanib, uni ko‘proq miqdorda g‘amlashga tushib ketishdi. Buning oqibatida ba’zi do‘konlar oldida navbatlar yuzaga kelmoqda.
“Jamoatchilik nazorati” guruhi ishtirokchilarining yozishicha, bu mahsulotning narxi oshgani kuzatilmoqda – “Aviasozlar” (sobiq Kadishev bozori) bozorida uning bir kilogrammi 3900 so‘mdan sotilmoqda. Vaholanki, bundan bir necha kun avval bir kilogramm shakar 2900 so‘mdan sotilgan edi.
Har yili bahor mavsumida yurtimizda iste’molchilar orasida shakar sarosimasi avj olishi odat tusiga aylanib qoldi. O‘tgan yili “oq qum”ning sun’iy ravishda yaratilgan taqchilligi misli ko‘rilmagan o‘lchamlarga yetdi – uning narxi 2 barobarga qimmatlab, Toshkentning yirik supermarketlarida uning narxi avvalgidek arzon holda saqlangan holda kishi boshiga 2 kg dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda sotilgan edi.
O‘zbekiston Davlat raqobatchilik qo‘mitasi bu holat yuzasidan taftish o‘tkazib, olibsotarlarga qarshi chora ko‘rishga va’da bergan edi. Qo‘mita tomonidan chop etilgan bayonotda shakar sotib olish bilan bog‘liq sarosimasiga “bu mahsulotga, shu jumladan, bozor ishtirokchilari – ulgurji vositachilar orasida ham, chakana savdo nuqtalarida ham til biriktirish yo‘li bilan “sun’iy taqchillikni” yuzaga keltirishga qaratilgan oddiy olibsotarlik faoliyati” sabab bo‘lgani aytilgan edi.
Aholi orasida O‘zbekistonda shakar “taqchilligi”ga mamlakatdagi shakar zavodlaridan birining yopilishi sabab bo‘lgani haqida mish-mish tarqalmoqda. Hozirda yurtimizda ikkita shakar zavodi – “Xorazm shakar” va o‘tgan yilda ochilgan “Angren shakar” zavodlari faoliyat yuritmoqda. Bu zavodlarning kunlik ishlab chiqarish quvvati ming tonna shakarni tashkil qiladi.
Manba:kun.uz


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5988 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: shakar, Toshkent, shakar sarosimasi, har yilgi, boshlandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Olma977 Faqat Toshkentda emas Samarqandda ham narhi oshdi. Agar shu ketish bo'lsa 7000 ming so'mga chiqadi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное