Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Eronda hijoblarini yechib tashlagan ikki mashhur aktrisa hibsga olindi
Eron politsiyasi mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan norozilik harakatlari bilan birdamligini namoyish etib, omma oldida o‘z ro‘mollarini yechib tashlagan ikki nafar mashhur aktrisani hibsga oldi, deb xabar beradi The Times of Israel.Hengameh Gazioniy va Katayun Riyohiy dastlab ijtimoiy tarmoqlardagi “provokatsion” postlari va OAVlardagi faoliyatining tekshirilishi yuzasidan prokuraturaga chaqirilgan, so‘ng hibsga olingan. Namoyishlarning bostirilishini ashaddiy tanqid qilib kelgan Gazioniy tartibsizliklarga gij-gijlagani va ularni qo‘llab-quvvatlagani, shuningdek, muxolifat OAVlari bilan aloqasi uchun qo‘lga olingan.

52 yoshli kino yulduzi sud organlariga chaqirilganini ma’lum qildi, so‘ng Instagram’ga o‘zining hijobini yechayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

“Katta ehtimol bilan bu mening so‘nggi postim bo‘ladi. Mana shu lahzadan boshlab men bilan nimaiki sodir bo‘lmasin, bilingki, doimgidek so‘nggi nafasimgacha Eron xalqi bilanman”, — deb yozdi u 19-noyabr kuni kechqurun.

Undan oldingi hafta e’lon qilgan postida u Eron hukumatini 50 dan ortiq bolalarning o‘limida ayblagan edi.

Keyinroq 60 yoshli kino va televideniye aktrisasi, bir qancha mukofotlar sovrindori hamda xayriya faoliyati bilan mashhur bo‘lgan yana bir aktrisa Katayun Riohiy xuddi shu ish bo‘yicha hibsga olindi. U sentabrda hijob taqmagan holda Londonning Xalqaro Eron televideniyesiga intervyu bergandi. Aktrisa Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin Eronni qamrab olgan norozilik namoyishlari bilan birdamligini bildirgan, shuningdek, majburiy hijobga qarshi chiqqan edi.

Mizan Online ma’lumotlariga ko‘ra, Gazioniy ijtimoiy tarmoqlarga joylangan “provokatsion” materiallari uchun prokurorlar tomonidan sudga chaqirilgan sakkiz kishidan biri bo‘lgan. Ular orasida eronlik futbolchi va Tehronning Persepolis futbol klubi murabbiyi Yahyo Gulmuhammad ham bo‘lib, u Eron milliy termasi o‘yinchilarini “ezilgan xalqning ovozini hukumatga yetkazmayotganlikda” ayblagan edi.

Erondagi namoyishlarga nima sabab bo‘ldi?
Eronda namoyishlar sentabr o‘rtalarida, 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin boshlandi. Politsiya uni Tehronda metrodan chiqish chog‘ida hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun hibsga olgan.

Keyinroq Aminiyning akasi ma’lum qilishicha, politsiyachilar u bilan “qayta tarbiyalash” ishlarini o‘tkazishga va’da bergan. Politsiya uchastkasidan qiz tez yordam mashinasida olib ketilgan. Shifokorlar qizda yurak xuruji va insult yuz berganini bildirgan, u bir necha kundan keyin vafot etgan. Eron politsiyasi baxtsiz hodisa yuz berganini da’vo qilmoqda.

Eron hukumati fikricha, noroziliklar “islom rejimini zaiflashtirish bo‘yicha dushman strategiyasi”ning bir qismidir, mamlakat armiyasi esa namoyishlar fonida “dushmanlarga qarshi kurashish” va xavfsizlikni ta’minlash niyatida.

Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy namoyishlar “oddiy eronliklar” tomonidan o‘tkazilmayotganini, balki oldindan rejalashtirilganini aytgandi, shuningdek, u AQSH va Isroilni tartibsizliklarni tashkillashtirishda ayblagandi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1014 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Eron, aktrisa, hijoblarini, ikki, tashlagan, hibsga, mashhur, yechib, olindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное