Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Pazanda - Im Loving You
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ayol Qalbi - True Love
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Zerda - Soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Erkaklar uchun matematik tashxis




 

Juftingiz siz bilan munosabatlarda o`zini qanday tutadi? Quyidagi matematik amalni bajarib, turmush o`rtog`ingiz fe`l-atvorini yanada yaxshiroq bilib olishingiz hech gapmas. Buning uchun uning tug`ilgan yili, oy va sanasini raqamlar bilan yozib, bir-biriga qo`shib chiqasiz.

Yoringiz 1987 yil, 9 aprelda tavallud topgan bo`lsa, 1+9+8+7+9+0+4=38=3+8=11=1+1=2 shaklida hisoblaysiz. Demak, uning raqami — 2. 

1. Serg`ayrat va harakatchan, mustaqil fikriga ega. U yonida o`ziga ishongan, aqlli, o`z fikriga ega ayolni ko`rishni istaydi. Dilidagi tilidagi bu tofia erkaklar siz uchun bor qahramonliklarga shay. Іamma narsa doim nazoratida, kichik voqelikni ham e`tibordan chetda qoldirmaydi. U bilan hayot qiziqarli kechishi barobarida doim ham osoyishta bo`ladi deya olmaymiz. Urush-janjalsiz uy yo`q deganlaridek…. Xatolaringiz bee`tibor qoldirilmasligini inobatga olib, siz ham biroz ehtiyotkor bo`lishingiz lozim.

2. Soddadil va ishonuvchanlikgi sabab ko`pincha sizning emas, atrofdagilarning gapiga quloq soladi. Ko`ngli bo`shroq. Shu bilan birga, qo`li ham ochiq. Birovlarning tashvishida yonib-kuyishini aytmaysizmi? Quvonarlisi esa sizning doim chiroyli bo`lishingizni istaydi. Va ayolligingizni his etib yashashingizga imkon beradi. U bilan og`ir ishlar, ro`zg`or tashvishlaridan xoli yashaysiz. Boshi berk ko`chaga kirib qolganda hammasiga qo`l siltab ketishlari bor. Siz uni doim olg`a undab turing.

3. Gapga chechan va harakatchanligi sabab tanish-bilishlari serob. Har qanday vaziyatda ham qovog`ini ochib, kulib tura oladi. Hammasidan muhimi sizning e`tiboringiz, maqtovingiz. Biroz shoshqaloq, muammolarga yuzaki qaraydi. Sizning ham biror masalada chuqurlashishingizni istamaydi. Yoqimtoy, muloyim ayollarni xushlaydi. Ammo yomon odati bor — o`tib ketgan voqealarni esga solaveradi, o`ylayveradi. Orzular olamida sayr qilishni yaxshi ko`radi. Xayollari haqiqatga aylanmasa-da, jim tinglang yoringizni. Ruhan yaqin bo`ling, dildan suhbatlashing, qiziqishlariga befarq bo`lmang.

4. U munosabatlarda eng muhimi bir-birini tushunib, umid bilan yashash, deb sanaydi. Har bir muammoni ota-onasi bilan muhokama qiladi, bu o`ziga ishonmaganidan emas, ularni hurmat qilishidan. Toparman-tutarmon bo`lishadi odatda. Siz uni tanqid qilmang, ne qilsa ham erkak-da, ko`tara olmaydi. O`z rashkini namoyon etmasa-da, sizning qizg`anishlaringizdan zavqlanadi. Xafa qilib qo`ysa, gulmi, shirinlik bilanmi, ko`nglingizni ko`tarishni va shu bilan hammasini unutishingizni istaydi. Obro` qozonish istagida yonadi. Oilasi bag`riga shoshadi, shuning uchun uyi doim orasta va osoyishta bo`lishini istaydi.

5. O`ziga ishonchi baland, mustaqil fikrli, tashqi ko`rinishiga doim ahamiyatli. Yashash — yaxshi, yaxshi yashash undan yaxshi, deya ildam qadam tashlashadi. Ular uchun baxtning kaliti muhabbatda! Ichki dunyosi boy va chiroyli ayol — uning ideali. Pishir-kuydirlar o`z yo`liga. Sayohat qilish jonu dili. Ko`nglida borini yashirmasdan sizga aytadi. Sirdosh bo`ling unga. Tuyg`ularini hurmat qiling. Go`zal tuyg`ular shaydosi bo`lgan bu tofia erkakdan e`tibor va mehringizni ayamasangiz, bas.

6. Umid bilan yashovchi, mehnatsevar, bir so`zli inson. U bilan munosabatlar barqaror bo`ladi. Samimiyat va zavqlanib yashash tarafdori. Ranjitsangiz, yurakdan xafa bo`ladi. Uni tushunib yashash kerak. Bu uning o`ziga bo`lgan ishonchi oshishiga xizmat qiladi. Qaynona-kelin muammolariga toqati yo`q. Shuning uchun qaynonaningiz bilan ona-bola bo`ling. Oilasiga sodiqligi tahsinga loyiq xususiyati.

7. Mustaqil va o`ziga yarasha fe`l-atvori bor. Vazminligi muvafaqqiyat sari etaklaydi. Ayoliga ishonadi. Shuning uchun chegaralar qo`ymaydi. Hayotida hammasi a`lo bo`lishini istaydi. Muammoli vaziyatlarda o`zini olib qochmaydi. Agar siz u bilan umr yo`llaringizni bog`lashni istasangiz va buni ayon qilsangiz, u sizni tashlab ketmaydi. Munosabatlar rivoji ko`p tomonlama sizga bog`liq.

8. Kuchli irodali, haqiqatgo`y va samimiy inson. Jiddiyligidan biroz cho`chiysiz, ammo nolimang, maydagap, har narsaga kulaveradigan bo`lganidan shu yaxshimasmi? Uni doim oldinga undab turuvchi turtki kerak. Siz mash`al bo`ling. Oilasiga juda e`tiborli, moddiy tomondan ta`minlash uchun tinib-tinchimaydi. To`g`ri, tejamkor, ammo bu ziqna degani emas. Pulni to`g`ri va aql bilan ishlatish tarafdori, xolos. Qulog`im va uyim tinch bo`lsin desangiz, siz ham bu tamoyilga rioya eting.

9. Intellektual, romantik, bilimdon va kirishimli. U bilan aqlan va ruhan yaqinlik muhim. Ishonchiga erishish orqali mehrini qozonasiz. Vazmin, sipogina bo`lsangiz, ayrim kamchiliklaringizga ko`z yuma oladi. Bir xillikdan tez zerikishini hisobga olib, doim uyda o`zgarishlar qilib turing. Bolalar tarbiyasida u sizdan ko`ra mas`uliyatli bo`ladi. Bozor-o`charga tobi yo`q.



Manba:Gooper.uz
Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 6324 | Рейтинг: 1| Рейтинг: juftingiz, Sevgi, Erkak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное