Har bir qiz, har bir ayol romantik sevgini, turli xil syurpeizlarni yaxshi ko’rishadi. Tabiyki shu mavzudagi film va seriallarni qiziqish bilan tomosha qiladilar. Serialda yuz berayotgan voqealarni kuzatib, qahramonlarning hayoti haqida qayg’ura boshlaydilar. Bunday seriallarni yaratishda hozircha Turkiya oldinlab bormoqda. Bitta turk serialini ko’rgan tomoshabin albatta yana serial tomosha qilishni hohlaydi. Endi qaysi serialni tomosha qilsam ekan deya o’ylayotgan ayol va qizlarimizga yengillik yaratish maqsadida 10ta eng qiziqarli, ta’sirchan va sevimli seriallarni e’tiboringizga havola qilamiz.
- Kara Para Ask (Грязные деньги и любовь)
Ay yapim kinostudiyasi tomonidan suratga olinga bu serial 2014 yilda Turkiya telekanalida namoyish etilgan. Serilda bosh rollarni mshhur aktyorlar jamoasi, jumladan Tuba Buyukustun va Engin Akyureklar ijro etgan. Serial 54 qismdan iborat. Har bir qismida voqealar kutilmagan tarzda rivojlanib boradi. Film qahramoni Omer Demir politsiya hodimi, o’z ishining ustasi 2 kundan keyin sevgilisi Sibel bilan unashtirilishi kerak. Bu vaqtda Elif Itaiyadan tug’ilgan kunini oilasi ila nishonlash uchun qaytadi. Tugilgan kuni kechasi Elifning otasi Ahmet va Omerning sevgilisi Sibelni bir mashinada jonsiz holda topishadi. Elif va Omer bu hol qanday yu berganini aniqlash maqsadida qanday voqealarga duch kelishini serialni tomosha qilish davomida bilib olishingiz mumkin.
- Cilek kokusu (Запах клубники)
Nafratdan muhabbatga bir qadam deb shu serialga aytishimiz mumkin. “Qulupnay ifori” ya’ni “Cilek kokusu” seriali 2015 yil Turkiyaning Star TV kanalida namoyish etilgan. Bu serialni ayni yoz faslida tomosha qilsangiz o’zgacha taasurot qoldiradi. Serialda bosh rollarni Demet O’zdemir, Yusuf Jim va Ekin Mert Daymazlar mahorat bilan ijro etishgan. Serial bosh qahramoni Asli toza qalbli, ochiq ko’ngil qiz bo’ladi. U tortlarni, ayniqsa qulupnayli tortlarni mahorat bilan tayyorlaydi. Ammo Burak sababli ishidan ayriladi. Asli qayerga ishlashga borsa tasodifan Burakka duch kelaveradi. Ammo har uchrashuvida bir baxtsiz hodisa duch kelaveradi. Bu tasodifiy uchrashuvlarni oxori qanday bo’lishini serialni tomosha qilib bilib lishingiz mumkin.
- Yuksek sosyete (Высшая общества)
Hayotda o’z o’rinlarni qidirgan va tamoman bir-biridan farqli bo’lgan ikki yosh haqida hikoya qiluvchi “Yuksek Sosyete” ya’ni “Yuksak jamiyat” seriaida Engin O’zturk boy oila xizmatchilarining yagona o’g’li bo’lmish Kerem, Hazar Erguchlu boy oilsda, hech narsaga zoriqmay o’sganiga qaramay baxtsiz yashayotgan Jansu obrazida tomoshabinlarga havola qilingan. Birining hayoti boshqasining hayoli bo’lgan bu hayotda Kerem va Jansu o’z o’rinlarini almashtirib, o’zlariga oid bo’lgan hayotni qidirishda va topishda ularning sevgisi, mehr muhabbati qanchalik muhim rol o’ynaydi? Buni serialni tomosha qilish jarayonida bilib olishingiz mumkin.
- No:309 (Номер:309)
Turk seriali ijodkorlari komedik janrda ham qoyilmaqom qilib serial ishlashga qodir ekanliklarini ushbu serialni tomosha qilish jarayonida bilib olasiz. Serialda buvasidan qolgan katta merosga ega bo’lmoq va kompaniyaning boshqaruvini qo’lga kiritishi uchun oila qurishi va farzandli bo’lishi lozim bo’lgan O’nur onasining qistovi bilan uchrashuvga chiqadi. Bu vaqtda Lale ham onasi belgilagan uchrashuvga ayni O’nur brogan joyga boradi. Ular yanglishib bir stolga o’tirib qoladilar. Bu yanglishish esa ularga katta syurprizlar olib keladi. Qanday syurprizligini bilishni istasangiz, serialni tomosha qilishga marhamat.
- Kara sevda (Чёрная любовь)
Hayot har doim ham totli bo’lavermaydi. Har doim ham baxtli yakunlar bo’lmaydi. Ushbu serial drama janrida bo’lib bir-biriga yetishish uchun juda katta qiyinchiliklarni, ayanchli voqealarni boshdan kechirgan ikki yosh haqida hikoy qilinadi. Kemal va Nihan bir birini juda ham sevadi. Bir-biriga bo’lgan sadoqatini ko’rib insonning havasi keladi. Ammo Emir ham Nihanni telbalarcha sevadi. Doim Nihan va Kemal o’rtasida katta to’siq bo’lib keladi. Ikki sevishgan bir-biriga yetishadimi yo’qmi degan savol serialning oxiriga qadar sizni qiynayveradi.
- Calikusu 2013 (Королёк, птичка певчая 2013)
Choliqushi. Reshat Nuri Guntekinning shu nomli asari asosida 3chi bor ekranlashtirilgan bu serial oldingilaridan tamoman farq qiladi. Serialda bosh qahramonlarning rolini ijro etgan Fehriye Evdjen va Burak O’zchivitning mahoratiga qoyil qolsa bo’ladi. Tarixiy va dramatic sahnalarni o’z ichiga olgan bu serial sizni e’tiborsiz qoldirmaydi.
- Adini Feriha koydum (Назвала ёё Ферихой)
Bu serial Feriha ismli qizning hayoi haqida hikoya qiladi. Qorovulning qizi bo’lgan Feriha yuksak baholar bilan universitetga o’qishga kiradi va u yerda badavlat oilaning erka farzandi bo’lmish Emir bilan tasodifan to’qnashib qoladi. Bundan so’ng Feriha ham o’zni badavlat oilaning farzandi qilib tanishtiradi va bir dunyo yolg’onlar ichida o’ralashib qoladi. Feriha bu yolg’onlarida qutula oladimi, yolg’onlari fosh bo’lgach o’zini oqlay oladimi? Serialni tomosha qilish davomida bu savollarga javob toppish mumkin.
- O hayat benim (Это моя жизнь)
Mehmet Emir va Hasret bir-birlarini juda ham sevadilar. Ammo Hasretning otsi Yusuf ularning turmush qurishlariga qarshi chiqadi. Hasretning homiladorligi ayon bo’lgandan so’ng g’azablanib ikki yoshni ayiradi. Mehmet Emirga Hasretning o’lgnligini aytadi. Farzandi tug’ilgandan so’ng Yusuf bolani olib xazmatchisi Ilyasga beradi va ismini Bahar deb qo’yishini aytadi. Ilyasning Efsun ismli qizi ham bo’ladi. Efsun va Bahar opa-singil bo’lib o’sishadi. Oradan 20 yil o’tgan vijdon azobida qiynalgan Yusuf nabirasi Baharni o’z otasiga berishga ahd qiladi. Ammo shunday bo’ladimi yo’qmi serialning davomiy qismlaridan bilib olishingiz mumkin.
- Fatmagulun sucu ne? (В чём вина Фатмагюль)
Ushbu serial ayanchli voqeani boshidan kechirgan Fatmagul haqida. O’z sevgilisini navbatdagi safarga kuzatish maqsadida yo’lga chiqqan Fatmagul 4 nafar mast holdagi yigitlarga duch kelib qoladi. Ulardan 3tasi badavlat oilaning farzandi. Yigitlar shunchaki qiz bilan hazillashmoqchi bo’lishadi ammo ularning hirsi shu darajada uyg’onib ketadiki insoniylikni batamom unutishadi. Fatmagulning taqdiri qanday yakun topishini albatta serialni tomosha qilib boxabar bo’lasiz.
- Muhstesem yuz yil (Великолепный век)
Ushbu serial Turk xalqining butun boshli tarixini o’z ichiga olgan. Tarixda yuz berga real voqealar asosida suratga olinga ushbu serial nafaqat Turkiyada balki ko’pgina davlatlarda shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Serialni ishlashda ijodkorlar har bir detalga, har bir sahnaga alohida e’tibor qaratishgan. Bu serialda foydalanilgan materiallarning o’zi tomoshabinni o’ziga maftun eta oladi. Voqealar rivoji esa har bir qismda qiziqarli rivojlanib boradi. Mashhur Sulton Sulaymon va uning rafiqasi Hurrem sultonning hayotini tomosha qilib hayratlanishingiz mumkin.
Bu seriallarni tomosha qilgan inson shubxasiz turk seriallari muhlisiga aylanadi. Serial qahramonlari ularning kumirlariga aylanadi. Serialdagi voqealarning ichiga shunday kirishib ketadiki, xatto ularning hayotlarini o’zlarinikidek his qilishadi. O’ylaymizki, bo’sh vaqtingizni maroqli o’tkazishda bu seriallar sizga yaxshi hamrohlik qilishadi.
Miracle tayyorladi