Qozog‘istondagi moliyaviy vaziyat yanada yomonlashib, milliy valyutaning dollarga nisbatan kursi ko‘tarilishda davom etishi mumkin. Ekspertlar yaqin orada 1 dollar 400 tangaga ko‘tarilishini kutmoqda. Bu haqda iqtisodchi Maqsat Serali aytib o‘tdi.
“Dollar o‘sishiga kelsak, o‘sishning ham ma’lum chegarasi bor, - dedi u AlmatyNews portali bilan suhbatda. – Agar Milliy bank tangani qo‘llab-quvvatlashga pul ajratayotgan bo‘lsa, bu biz o‘sha chegaraga yetib bormadik va dollar o‘sishda davom etadi degani”.
“Dollarning bozor qiymati 300 tangadan oshiq, bu shubhasiz, - so‘zida davom etdi mutaxassis. – Shu bois dollar 300dan oshib ketishi bashorat qilinmoqda. Qabul qilsa bo‘ladigan narx koridori – 360-400 tanga. Boshqa masala shundaki, 380-400 tangalik kursni ushlab tursa bo‘ladimi? Va qancha muddat? Bir yilmi? Ikki yilmi? Afsuski, bu savollarga hozircha javob yo‘q, negaki biz xalqaro iqtisodiy vaziyatni va neft narxini boshqara olmaymiz”.