Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ehtiyot bo‘ling! Telegram’da xavfli virus tarqatilmoqda
So‘ngni ikki-uch kun ichida O‘zbekistondagi Telegram ijtimoiy tarmog‘ida har xil viruslar tarqatilib, bundan fuqarolar aziyat chekmoqda. IIV Kiberxavfsizlik markazi Telegram foydalanuvchilarini ogohlikka chaqirdi.

Deyarli barchaning Telegram akkauntiga "Iltimos, menga ovoz bering" shaklidagi xabarlar kelib tushmoqda. Ushbu xabarlarni tarqatishdan asosiy maqsad sizning akkauntingizni, undagi maxfiy yozishmalar, video yoki foto ma’lumotlarni egallab olishdan iborat.

Bu kabi holatlar bank plastik kartalari bilan bog‘liq ilovalarda ham kuzatilishi mumkin.

“Agar sizga bu kabi xabar kelib tushgan bo‘lsa va siz "ovoz berish" tugmasini bosgan bo‘lsangiz, u yerda sizning telefon raqamingiz, uning kiritganingizdan so‘ng, telefon raqamingiga kelgan SMS’ni tasdiqlashingiz so‘raladi. Siz ushbu SMS’ni tasdiqlash orqali begona qurilmalarning akkauntingizga kirishiga ruxsat bergan bo‘lasiz”, deb ogohlantirmoqda IIV. 

Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagilarga rioya etish tavsiya qilinmoqda:

ikki tomonlama autentifikatsiyani o‘rnatish;
har qanday holatda ham SMS-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmaslik;
messenjer qurilmalar bo‘limidagi "Faol seanslarni" tekshirib, boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtatish.
“Fuqarolardan nihoyatda ehtiyot bo‘lishlarini, axborot xurujlariga aldanib qolmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyilgan ogohlantishda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 924 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ehtiyot, bo‘ling, tarqatilmoqda, telegram, Virus, xavfli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное