Dima Bilanning Moskva yaqinidagi uyi tunab ketildi
Moskva polisiyasi rossiyalik xonanda Dima Bilanning Moskva shahri yaqinidagi Rasskazovka qishlog‘idagi uyining tunab ketilishi bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bergan.
Moskva shahri polisiyasi matbuot xizmati boshlig‘i Andrey Galiakberovning ma’lum qilishicha, bu voqea 18 sentyabrga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 1:00da yuz bergan.
Shundan ko‘p o‘tmasdan Moskva shahar IIVning Trotskiy va Novomoskovskiy okruglari ma’muriyatiga Rasskazovka qishlog‘idagi uylardan birida o‘g‘irlik sodir etilgani haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga maxsus xodimlar jo‘natilgan va ular uy egasi hamda guvohlarni tergov qilib, uyda qoldirilgan barmoq izlarini olgan.
Ayni vaqtda ushbu jinoyatning sodir etilishi bo‘yicha ehtimollar ro‘yxati tuzib chiqilgan. Hodisa yuzasidan o‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha ish ochilishi kutilmoqda.