Davlat test markazi Telegram'da tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi
Davlat test markazi Telegram tarmog‘ida DTM nomidan tarqatilayotgan turli xabarlarga izoh berdi, deya xabar berdi Sputnik.
DTM vakilining so‘zlariga ko‘ra, Telegram'da markaz nomidan turli xabarlarni tarqatayotgan botlar soni ko‘payib ketgan. Ularda qaysidir oliygohda imtihon olish ishlari iyul oyida o‘tkazilishi haqida xabar tarqatib, xabar tagiga DMT telefon raqamini yozib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Ayni vaqtda qonunbuzarlarni sudga berish choralari ko‘rilmoqda.
2018-2019 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari joriy yil avgust oyida o‘tkaziladi. Iyul oyida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirilmaydi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 1 avgust sanasidan 15 avgust sanasiga qadar o‘tkaziladi. DTM qog‘ozlari esa 29-30 iyul kunlari tarqatiladi.