Dam olish kunlari O‘zbekistonda yana kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xirmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, 16−17-may kunlari O‘zbekistonning barcha mintaqalarida kuchli yomg‘ir va jala yo‘gadi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz“.
Shu kunlarda shamolning tezligi 7−12 metr/sekunddan 15−20 metr/sekundgacha ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta so‘ngida ham O‘zbekistonning barcha hududlarida kuchli va jala xususiyatli yomg‘ir, shuningdek kuchli shamol kuzatilgan edi.