Chinozlik ayol mast holda bo‘lgan erini pichoqlab qo‘ydi...
Avvalroq, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib borilgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika tadbirlari, fosh etilan jinoyatlar haqida xabar bergan edik.
Quyida tegishli tartibda chora ko‘rilgan jinoyat ishlari tafsilotlaridan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Oiladagi totuvlik — xonadonning eng katta boyligi. Er-xotinning urushi — doka-ro‘molning qurishi, deb bekorga ta’rif bermagan dono xalqimiz. Agar bu “doka-ro‘mol” deganlari doim xo‘l bo‘lsa, yoxud unga qon dog‘lari tegsa, ya’ni oddiy janjal jinoyatga yetaklasa, bundan yomoni yo‘q.
31 oktabr kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani IIBga tushgan xabarga ko‘ra, tuman markaziy shifoxonasiga qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchilib kesilgan jarohat bilan bir bemor olib kelinadi. Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan shaxs chinoz tumanida yashovchi 1968 y.t., Halimjon Kamoliddinov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ekanligi aniqlashtiriladi.
Ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Halimjon Kamoliddinov mast xolda uyida turmush o‘rtog‘i, ya’ni shu manzilda yashovchi 1975 y.t., Xolida Kamoliddinova bilan o‘zaro janjallashib, ayoli tomonidan uning qorniga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.