Andijonda o‘quvchi o‘quvchini pichoq urib o‘ldirdi
Andijon shahrida o‘zaro nizo oqibatida o‘quvchi o‘quvchini pichoq urib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
"7 aprel kuni soat 11.00larda o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi Sh.A. o‘zaro janjal oqibatida o‘quvchi M.S.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan", - deyilgan xabarda.
Natijada jarohatlangan o‘quvchi kasalxonaga yotqizilib ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.