Andijonda Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi ikki nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9-dekabr kuni soat 22:00 larda Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimi E.M. xizmatdan so‘ng Asaka tumani, Qashqar MFY hududidan o‘tuvchi 4R-112E avtomobil yo‘lining 2-kilometrida “Spark” rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomobil ko‘prigi ustidagi muzlamada transport vositasi sirpanib ketgan va rul boshqaruvini yo‘qotib qatnov qismining chetidan ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, 1994-yilda tug‘ilgan piyoda M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 2004-yilda tug‘ilgan piyoda A.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 - moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.