Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

CFP: G‘arb Rossiyadagi iqtisodiy qiyinchiliklardan erta quvonmoqda

G‘arb siyosatchilari va iqtisodchilarining Rossiya iqtisodiyotining tushayotgani haqidagi bayonotlari YaIM ko‘rsatkichlariga asoslanib, bu masalaga bir yoqlama qarashdir, deb hisoblaydi Czech Free Press nashri kolumnisti Ladislav Kashuka.
Uning fikricha, Rossiyaning ichki resurslari unga to‘liq iqtisodiy izolyatsiyani ham boshdan kechirish imkoniyatini beradi. Xom ashyo eksportining tushib ketishi, ishlab chiqarishning ayrim yo‘nalishlaridagi pasayish hali Rossiya iqtisodiyoti inqirozda degani emas.
“Kichik, xom ashyo bilan o‘zini ta’minlay olmaydigan mamlakatlarda YaIMning besh foiz tushishi jiddiy muammo bo‘lishi mumkin, chunki ularning mahsulotlari eksporti tushib ketadi. Ammo Rossiyaga kelganda bu shunchaki G‘arb yetakchilarining ko‘zbo‘yamachiligi xolos, ular shu yo‘l bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli zarar ko‘rayotgan mamlakatlaridagi saylovchilarni tinchlantirmoqchi”, – ta’kidlaydi kolumnist.
“G‘arb iqtisodchilari iqtisodiy inqirozni muhokama qilmoqchi bo‘lsa, birinchi navbatda AQShdagi vaziyatga e’tibor bersin – uning tashqi qarzi YaIMning 150 foizini tashkil qilmoqda”, – xulosa qilinadi materialda.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3494 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
oxun1992vrn men bunday deb o'ylamayman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное