Buxoroda talaba o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi
Buxoro shahar IIB xodimlari tomonidan Buxoro shahri I.Mo‘minov ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi Shirinov Husanboy Hamid o‘g‘li tekin boylik orttirish maqsadida o‘z uyida Romitan tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Sh.T. va G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.N.larning o‘zaro jinsiy munosabatda bo‘lishi uchun alohida joy va sharoit yaratib beradi.
Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qildi.
Buning evaziga Sh.Tdan 60 ming so‘m miqdoridagi naqd pullarni olib, fohishaxona tashkil qilish jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Shirinov Husanboy Hamid o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Daxshat 2000 yil bu digani 18 yosh bu yoshdigi qizla bunaqa ishla qlishi galati qanaqa zamon boldi bu? Qani qizladigi or nomus sharm hayo. Ertaga shu qiz pokiraman dib (tiktirvolib) bitta iymonli bolaga erga tegadde