Buxoroda kelin o‘z uyidan 7 ming dollar o‘g‘irladi
Shu yilning 9-yanvar kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida tug‘ilgan X.M. bir kun avval yotoqxonasidagi sandiq ichidan 7 ming dollar noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgani yuzasidan IIBga murojaat qilgan.
“Postda.uz”ning xabar berishicha, olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida ushbu jinoyatni arizachining birga yashovchi kelini sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.