Navoiyda kelin qaynonasining kartasidan pul o‘g‘irladi
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi S.E. qaynonasi S.M.ning kartasidan pul o‘g‘irlagani aniqlandi.
Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, fuqaro S.M. ariza bilan murojaat qilib, kartasidan 3 million 283 ming so‘m pul o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs jabrlanuvchining kelini ekani aniqlangan. S.E. qaynonasining kartasi o‘g‘irlab, pullarni yechib olgan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.