Buxarest meri korrupsiyada gumon qilinib, hibsga olindi
Ruminiya poytaxti Buxarest meri Sorin Opresku poraxo‘rlik ayblovlarini tergov qilish doirasida o‘z uyida hibsga olindi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ruminiya poytaxti meri lavozimini ikki muddatdan beri band etib kelayotgan Opresku munitsipal shartnomalarni qo‘lga kiritgan kompaniyalardan pora olganlikda ayblandi.
Prokurorlar ta’kidlashicha, mer oldi-sotdi summasining 10 foizini olgan. Uning o‘zi bu ayblovlarni rad etmoqda.
63 yoshli Sorin Opresku dastlab 24 soatga hibsga olingan. Prokuratura tergov olib borilayotgan vaqtda hibsni bir oyga cho‘zishni so‘rab sudga murojaat qiladi.