Botir Qodirov: Ayol xonandalarning ochiq-sochiq kiyinib chiqishi - bilimsizlikdan
Xonanda Botir Qodirov ba’zi ayol xonandalarning sahnada va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq-sochiq kiyimlarda namoyon bo‘lishiga munosabat bildirdi. Bu haqda “7×7” gazetasi xabar bermoqda.
“Menimcha, bu bilimsizlikdan kelib chiqadi. Biz o‘qigan paytlarda institutda etika-estetika darsi bo‘lardi, hozir ham bor. Shu darsda san’atkor o‘zini qanday tutishi kerakligidan tortib, qanaqa dastro‘mol ishlatishigacha o‘rgatilardi”, — dedi xonanda.
“Har bir narsada me’yor bo‘lishi kerak. Xonandalar o‘zbek mentalitetidan kelib chiqib kiyinishi kerak. Erkak san’atkorlarning ketidan ergashayotgan yosh yigitlar, ayol san’atkorlarga ergashayotgan yosh qizlar bor”, — deya qo‘shimcha qildi Botir Qodirov.
Hozirgi kunda ba'zi san'atkorlar uchun 1-o'rinda san'atmas tawqi ko'riniw bo'lib qolgan. To'g'ri kiyiniw kerak. Lekin ja owirib yuboriwyaptida. Yowi katta san'atkorlar ham yarawsa yarawmasa ochiq-sochiq, kalta tor kiyimlarni kiyiwvolib o'ziga yarawmagan qiliqlarni qilib raqqosadek qilpillawadi. Unaqada raqqosalargayam iw qolmaskanda. Yana yuzlarniyam chaplap svetafor bo'lvoliwadi. Insonni tabiiy go'zalligiga yetmaydi baribir. Hamma narsadayam me'yor bo'ladi!