Botir Qodirov Ijtimoiy tarmoqlardagi Noqonuniy holatga e’tiroz bildirdi
Botir Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda kechayotgan noqonuniy holat, xususan uning nomidan sahifa ochayotgan shaxslarni qoraladi.
Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlarda va ayniqsa Instagram olamida yo‘qligimni bir necha marotaba rasman e’lon qilganimga qaramay nomimdan sahifalar ochib yuritayotganlar bor. Bunday narsalarga judayam bir e’tibor bermayman-u, atrofimdagilar Instagram`da bir meni nomimdan ochilgan soxta sahifa yuzasidan ko‘p aytishmoqda. U sahifa soxibi qaerlardandir menga tegishli bo‘lgan suratlarni topib qo‘yib muxlislar bilan muloqotga xam kirishmoqda ekan. Meni tanishlarim u sahifa egasiga bu noto‘g‘riligini aytishsa qora ro‘yxatga qo‘yib muloqotni chegaralab qo‘yayotgan ekan. Odamni ruxsatisiz suratga olib qo‘yish din taraflama ham va qonun taraflama mumkin emasku. Rahmatli Shayx hazratlariga savol berishgandi, birov sizni suratingizni qo‘yib o‘ziga sahifa ochgan va unga bu ish noto‘g‘riligini ta’kidlab, suratni olib tashlashni so‘raganimizga ko‘nmayapti, shunga nima deysiz, deb savol berishganida hazrat bu ish noto‘g‘ri ekanligini , odamlarga birovni suratini beruxsat o‘ziga qo‘yib olish noto‘g‘ri ekanligini tushuntirish kerakligini aytganlarida bu narsa shariat taraflama xam mumkin emasligini bilgandim. Meni nomimdan avval ham sahifalar ochishgandi, ammo Instagram`da xozir bittasi 2 mingdan oshiq o‘quvchilarni yiqqan holda meni nomimdan o‘z faoliyatini jiddiy tarzda olib bormoqda ekan. Nimaga kerak bu yolg‘on va gunoh narsa?”,—deydi xonanda.