Botir Qodirov bu yil fonogrammada 6 kun konsert beradi
Botir Qodirov 2015 yilda “Jim turing”, “Ota-ona” nomli qo‘shiqlari bilan o‘tgan yillarda boy bergan shuhratini qaytarib olgan edi. Xonandaning 2015 yil 21-22-23 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida taqdim etgan konsert dasturiga kirish istagida chipta topolmaganlar ko‘p bo‘lgandi.
Botir Qodirov joriy yildagi konserti kunlarini yana 3 kunga ko‘paytirdi. Ma’lumotlarga qaraganda, u 1-6 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida nabatdagi konsert dasturini taqdim etadi.
Ko‘plab ma’noli qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbiga kirib borishga ulgurgan xonanda hamon jonli ijroda konsert berishga kirisha olgani yo‘q. Holbuki, u jonli ijroda bemalol kuylay oladigan xonandalar sirasiga kiradi. Hamkasblari Shohjahon Jo‘raev va Jahongir Otajonov esa necha yildirki, jonli ijroda konsert taqdim etib kelishmoqda.
Qiziq, Botir Qodirov qachon fonogrammaga nuqta qo‘yarkin?