Bizga nima bo‘layapti?! Kelin o‘z qaynotasini pichoqladi
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 28 fevral kuni soat 14.00 larda Guliston mahallasi Mirishkor ko‘chasi 13-uyda yashovchi U.Xalilova qaynotasi A.Karimqulov bilan janjallashib qoladi.
Kelishmovchilik shu darajaga borib yetadiki, kelin qaynotasining ko‘kragiga pichoq uradi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, pichoqlangan qaynota shifoxonaga yetkazilgan. Kelin ushlangan.