Kelin sochini kesib tashlagani uchun kuyov undan voz kechdi
Saudiyalik kelin to‘yidan bir necha kun avval uzun sochlarini kaltalatib, bu haqida bo‘lajak kuyovga telefon orqali ma’lum qildi. Bundan xursand bo‘lish o‘rniga kuyov u bilan ajrashishini ma’lum qildi.
Ismi ma’lum qilinmagan kelinga sartarosh bunday chiroyli sochlarni kaltalatmaslikni maslahat bergan, biroq u sochlar parvarishidan charaganini aytgan. Bo‘lajak kelinga ko‘rinishi juda kalta bo‘lgan soch turmagi tanlangan.
Yangilikni eshitgan zahoti kuyov juda xafa bo‘lgan. U qizga kesilgan sochlarini plastik xaltachaga solib, suvenir sifatida o‘ziga yuborishini so‘ragan. Bo‘lajak kuyov uzun sochli qizga uylanish orzusi bo‘lgani, endilikda bu qiz uning orzusidagi rafiqa emasligini bildirgan.