Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Zarina Nizomiddinova hamkasblarining nega haligacha “kelin bo‘lmayotgani”ga izoh berdi

Iste’dodli aktrisa Zarina Nizomiddinova “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida nega hamkasblarining hanuzgacha kelin bo‘lmaganiga izoh berdi.    
– Ba’zi san’atkorlarimiz juda kech oila qurmoqda. Ayniqsa, hanuzgacha kelin bo‘lmagan mashhurlar ham talaygina. Sizningcha, ular kech qolmayaptimi? O‘zi ayol kishi karera qilishi muhim hisoblanadimi?
– Ular karera qilmayapti (istehzoli kulib), balki ularga munosib nomzod yo‘q. Agar-chi, ma’qul nomzod topilsa bor-ku, qiz bola 17 yoshida ham turmushga chiqib ketaveradi. Karerani turmushga chiqqach ham qilaveradi, agar shunchalik ham istayotgan bo‘lsa. Oq otdagi shahzodasini kutyapti-da. 
O‘zi qizlar tabiatida juda bir aqlga sig‘mas tushuncha bor. O‘zlaricha dunyoda yo‘q, real hayotda topish mushkul bo‘lgan odamlarni kuti-i-ib yurishadi. Kutadi, kutaveradi... Mana shunaqa qilib vaqtni o‘tkazib yuboradi. Ayol uchun birinchi o‘rinda, albatta, oila muhim. Qilgan karerasi unga tilladan taxt yasab beradimi yoki o‘zlari orzu qilgan ideal baxtni tortiq qilarmidi?! Hech qachon! Hech kim erisholmagan yutuqqa erishsangiz-u, havas qilgulik mayli kichik va oddiy bo‘lsin oilang bo‘lmasa, qilgan karerangizning kimga keragi bor?  
– Bugun sohasi bir bo‘la turib oila qurgan ko‘plab mashhurlarning hayoti ko‘ngildagidek bo‘lmayotgani hech kimga sir emas. Ikki san’atkorning birga oila qurishi sizningcha baxtli turmushga necha foiz kafolat bera oladi?
– Qanday turmush qurish bu odamlarning o‘ziga bog‘liq. Balki yuz foizdir, balki umuman... Mana, boshqa san’atkoralar ham bitta sohada faoliyat olib borishlariga qaramay hayoti havas qilgulik darajada silliq ketyapti-ku?  Endi oilaning mustahkamligi ham ayol kishiga ko‘proq bog‘liq-da. Ayol degan zot pastroq tursa, erkak sal balandroq o‘shqirganida, shartakilik qilmasa, betgachopar bo‘lmasa, gulday baxti xazon bo‘larmidi? Nima bo‘lgan taqdirda ham ayol kishi baribir bir pog‘ona pastroq yurishi darkor. Bu borda esa ko‘pchilik teng huquqlilikka da’vo qilib, xatoga yo‘l qo‘yadi. Bir pog‘ona past bo‘lganinggiz bilan bilan huquqingiz, kamayib qolmaydi, balki oilangiz, baxtingizga darz ketmagan bo‘ladi. 
Bergan savolingizga to‘liqroq va tushunarli qilib javob bersam, mana ikki san’atkor oila qurishdi. Oila boshlig‘i deylik qo‘shiqchi, xonadon bekasi esa aktrisa. Ayol o‘ylashi kerak, “Aktrisalik faoliyatimni davom ettirsam: nuqul boshqalar bilan rol ijro etish kerak, xizmat safarlariga borish zarur. Tunlari kech qolib, tong mahali uyga kirib kelsam, turmush o‘rtog‘imga kim g‘amxo‘rlik qiladi?” Ijod, san’at oilaviy muammolar bilan hisoblashmaydi, ikkisi ikki joyda. Ha, bularning uchrashishga ham vaqti bo‘lmay qoladi-ku?.. Ikki san’atkor oila qurdimi, demak ayol kishi baxtining butunligi, oilasining tinchligi uchun ham san’atdan ketishi darkor. Har holda erkak kishi ishini tashlamasa kerak? Mana shunda hammasi silliq davom etadi.  
Aktrisa Zarina Nizomiddinova jurnalistning ayriliq shu kungacha necha marotaba ezilishiga sabab bo‘lgani haqidagi bergan savoliga “Bir marotaba dadasidan ayrilganida ekanligi, o‘shanda juda ham qiynalgani, umridagi  eng katta judolik bo‘lganini ta’kidlagan. 
- Har bir farzand uchun otasidan ayrilish bu juda og‘ir, - deydi aktrisa suhbat davomida mahzun bo‘lib. 
Yana aktrisa suhbat davomida “Yaratganga shukr onajonim hayotlar. Ilohim baxtimizga uzoq umr ko‘rib, doim qo‘llari duoda bo‘lib tursin!  Qolgan ayriqlarga esa u qadar kuyinganim yo‘q. Hammasi taqdirdan, deya stressga tushgan emasman. Ayol kishi ko‘p narsalarga ko‘nikib borar ekan, har qanday ayriliqlarga ham. Faqat judolik juda og‘ir”, deya o‘z fikrlarini bayon etgan.


Manba:kun.uz
Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 12891 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kelin, oila, Zarina Nizomiddinova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное