Beeline O‘zbekistondagi minoralarini sotishi mumkin
VimpelCom Ltd. xalqaro kompaniyasi Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Gruziya va Ukrainadagi telekommunikasion minoralarini sotishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, VimpelCom minoralarni alohida kompaniyaga ajratib, uning aksiyalarini birjaga joylashtirishi mumkin.
Shu bilan birga, bu boradagi uzil-kesil qaror hali qabul qilinmagani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, VimpelCom O‘zbekistonda Beeline brendi ostida faoliyat yuritadi.