Ortiqcha harakatlarsiz, odatdagidek ovqat yeb turib ham ozish mumkin. Bunda asosiysi, nima yeyayotganini bilib iste’mol qilishdir. Agar siz ovqatni anglab, uni to‘g‘ri miqdorda iste’mol qilsangiz, u tanaga sihat bo‘ladi. Aks holda esa…
Ovqat qomatga zarar keltirmasligi uchun to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati katta. Biroq deyarli ko‘pchilik bu oltin qoidani yoddan chiqaradi. Bu o‘rinda iste’mol qilingan yegulikning miqdoriga ahamiyat berish juda o‘rinli. Quyida to‘g‘ri ovqatlangancha, hech bir ortiqcha harakatlarsiz qomatni saqlashga yordam beruvchi tavsiyalarni havola etamiz.
Kim bilan taomlanishingiz ham muhim
Atrofimizdagi insonlarga ko‘p narsa bog‘liq va ular bizga ozmi-ko‘pmi ta’sir ko‘rsatadi. Agar ovqatlanishga ko‘p ovqat yeydiganlar bilan birga o‘tirsangiz, tabiiyki, siz ham me’yordan ortiq iste’mol qilasiz. Agar taomlanishni qomatini o‘ylaydigan, kam-kam va oz-ozdan ovqatlanadiganlar bilan amalga oshirsangiz, u holda siz ham ularga qarab ovqatlanasiz.
Chiroq ostida ovqatlanish
Yorug‘ joy ovqatlanishda romantik muhitni yaratishdan tashqari, ishtahaga ham ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘lik kam yerda me’yordan ortiq yeb qo‘yishga moyillik kuchayadi.
Xushbo‘y iforlar yordamga keladi
Ayrim iforlar masalan, vanil ko‘p yeb qo‘yishga to‘sqinlik qiladi. Uni bilakka surtib qo‘yish yaxshi natija berishi mumkin. Mashhur butunjahon Mayo universiteti diyetologlari ham bu usulni ma’qullashgan.
Oshxonani saranjom saqlash
Ovqat yuqi qolgan likobcha, piyola yoki qoshiqlar ayollar qomati uchun xavfli. Bunday betartib ovqatlanish sog‘lom ovqatlanishdek oltin qoidaga zid.
Likobchalarning hajmi ham muhim
Katta likopchalarga ko‘p ovqat solinadi. Ularni kichigi bilan almashtirish esa ko‘p ovqat yeb qo‘yishga chek qo‘yishi mumkin. Ular ovqatlanish me’yorni saqlashga yordam beradi.
Ovqatlanishdan avval ko‘zdan kechirish kerak
Dasturxonga o‘tirish bilan darhol ovqat yeyishga tushib ketish noto‘g‘ri. Avvaliga ularni shoshilmasdan ko‘zdan kechirish o‘rinli. Bu holatda miya avval qaysi ovqatni nimadan keyin yeyish kerakligini rejalashtiradi. Qorin kattalashgachgina ovqatlanishni to‘xtatish noto‘g‘ri.