Avtosalondan navbatsiz mashina olishning “narxi” qancha?
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 2017 yil 14 oktyabrda noma’lum shaxs Olmazor tumanida yashovchi S.Nizomovdan dastlab “Lasetti” olib beraman deb 90 million, keyinroq “Spark”ka deb 56 million so‘m pulini olgani, lekin va’dasining ustidan chiqmagani aniqlandi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xayrabod ko‘chasi 33-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan J.Nasriddinov sodir etganligi aniqlanib uni ushlash choralari ko‘rilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.