Olma-Otada yangi mashinalar 20 foizga qimmatlashdi
Qozog‘istonning janubiy poytaxtida mashinalar qimmatlashdi. Avtosalonlardagi narxlar bir yo‘la 20 foizga oshib ketdi. Yil oxirigacha, dilerlarning bashoratlariga ko‘ra, narx oshishi 50 foizni tashkil qilishi mumkin.
Bunga birinchi galda dollar kursining keskin oshib ketgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Aytilishiga, ham yangi, ham ilgariroq olib kirilgan mashinalarning narxlari birday 15-20 foizga oshgan. Dilerlik tashkilotlarining ma’lum qilishicha, aksariyat vositachilar eski mashinalarning ham pullarini to‘lab ulgurmagan edi, shu bois ularning ham narxini ko‘tarishga to‘g‘ri kelgan.
Aytilishicha, bir necha hafta ilgari Koreyadan keltirilgan mashina narxi o‘rtacha 2.8 mln tanga bo‘lsa, hozirlikda bu narx 4 mln tangagacha ko‘tarilgan.
Ayrim salonlarda savdo hajmi 30 foizgacha tushib ketgan.
Boshqa mutaxassislarning ta’kidlashicha esa, aksincha, odamlar tezroq mashina sotib olishga intilmoqda, negaki tez orada mashina narxlari yanada ko‘tarilishi kutilmoqda.