Qiziqchi Avaz Oxun “Huquq olamida” gazetasiga bergan intervyusida o‘zini mashhur so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning shogirdi bo‘lmaganligini aytib o‘tdi.
Jumladan “Sizni marhum san’atkor Hojiboy Tojiboyevga o‘xshatishadi. Rostdan ham u kishining shogirdi bo‘lganmisiz?”, degan savoliga Avaz Oxun quyidagicha javob qaytargan:
— Rahmatli Hojiboy akaning yonida shogird bo‘lib yurmaganman. Konsertlariga kirardim, u kishiga havas qilardim. 2003 yilgi konsertida chiqish qilganman. Sahnada duo qilgan.
Mashhur san’atkorimizga o‘zim bilmagan holda beixtiyor o‘xshab qoldim. Ataylab qilsam o‘xshamaydi. Bizni o‘xshatishlariga sabab, ustozning yo‘nalishi, o‘ziga xos maktabi bor edi. Ya’ni xalqning o‘zidan olib, o‘ziga berardi.
Hojiboy aka “Bir aktyor teatri” yo‘nalishida ijod qilgan. Men ham shu yo‘nalishni tanlaganman. Balki shuning uchun o‘xshatishar.