Avaz Oxun Hojiboy Tojiboyevdek sevimli bo‘la oladimi?
Avaz Oxun birdan paydo bo‘ldi. Vodiyda boshlangan yangi hangomalar poytaxtga va boshqa viloyatlarga zudlik bilan tarqaldi. Hojiboy Tojiboyevning shogirdi degan gap-so‘z tarqalgach, Oxunning ijodiga qiziqish yanada kuchaydi. Marhum kulgu ustasining xalqchil hazillarini sog‘inganlar go‘yo bu mujdani Avaz Oxunning repertuaridan topishga intildi. Kamina bu qiziqchining hangomalari bilan umuman qiziqa olmadim. Aniqrog‘i, biron kulgusi ta’sir qilmadi. Biroq, uning muxlislari bugun minglab topilishi mumkin. Yaqinda 3 kun kulgu dasturini “Istiqlol”da anshlag tarzda taqdim etgan yangi kulgu ustasi hamkasblariga yaxshigina raqobatchi ham bo‘la oldi. Konsertga tushganlarning ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan fikrlari turlicha. Kim Avaz Oxunning hazil-mutoyibasidan umuman zavq ololmaganini aytsa, yana birov telefon, sms biloan bog‘liq hazillarini “yorvoribdi” deydi. Ish bor joyda kamchildik topiladi deyishganidek, hech qaysi ijodkorning ijodi hammaga birdek manzur bo‘la olmaydi. Avaz Oxun Hojiboyev Tojiboyevdek xalq qalbidan chinakam joy topa oladimi? Bu vaqt hukmidagi masala.