«Apple» korporatsiyasi uchta yangi «Ayfon» smartfonlari narxlarini rasman e'lon qildi.
Ularning eng arzoni «iPhone 11» hisoblanib, narxi 700 dollar miqdorida belgilandi. Smartfon qo'sh kamera va o'ta keng burchakli modulga ega. U 4K-roliklarni ham yoza oladi. Frontal kamerasi ham yangi va 12 megapikselli quvvatga asoslangan.
«iPhone 11 Pro» va «Pro Max» smartfonlari 1000 hamda 1100 dollardan sotiladi. Ular qo'shimcha uch karralik yaqinlashtiruvchi moslamali zum kameradan iborat. Kameralar soni uchtadanni tashkil etadi. Uchchala smartfon ham «Apple 13 Bionis» yangi protsessorda ishlaydi.