iPhone 8 kamerasining asosiy o‘ziga xosligi ma’lum bo‘ldi
Apple kompaniyasi yangi iPhone 8 ning kamerasi uchun lazerli datchik ishlab chiqmoqda. Bu haqda Fast Company nashri xabar berdi.
Aytilishicha, bu suratlar sifatini ko‘tarish va obyektlarning ilovali reallikdagi aksini yaxshilash imkonini beradi.
Apple VCSEL lazerli datchigidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Uning yordamida smartfon sahna chuqurligini aniqlaydi. Shu tariqa obyektlarning tasviri ancha yaxshilanadi.
Bundan tashqari, lazerdi datchik oddiy tasvirga olish paytida avtofokus sifati va tezligini oshiradi.