Apple kompaniyasi SIM-karta uchun ikkita slotga ega smartfonga patent oldi. Ekspertlarning aytishicha, ikki SIM-kartali iPhone’lar sentabr oyining boshidayoq taqdim etilishi mumkin. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi tomonidan e’lon qilingan patent arizasi Dual SIM Dual Active (DSDA) texnologiyasini tavsiflaydi. Unga ko‘ra, ikkita SIM-karta doimiy ravishda faol holatda bo‘lib, bir-biridan mustaqil ravishda bitta yoki alohida-alohida operatorlarning tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi.
Buni amalga oshirish uchun Apple smartfonni SIM-kartalar uchun ikkita slot, ikkita resiver, ikkita antenna va bitta radiouzatkich bilan ta’minlaydi. Ekspertlarning fikricha, 3,5 millimetrli portdan voz kechilishi barcha unsurlarni smartfon o‘lchamini kengaytirmasdan joylashtirish imkonini beradi.
Insayderlarning ta’kidlashicha, ikki SIM-kartali iPhone Xitoy, Hindiston, Braziliya va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlariga mo‘ljallangan budjet modifikatsiyasi bo‘lishi mumkin. Ushbu smartfon 3D Touch va boshqa innovatsion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin.
Ilgari ikkita slotga ega iPhone suratlari chop etilgan edi.