Apple uchta yangi iPhone modelini chiqarishni rejalashtirilmoqda
DigiTimes resursidan olingan oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasi joriy yilning ikkinchi yarmida avval kutilgandek iPhone modelining ikkita emas, balki birvarakayiga uchta yangi qurilmasini sotuvga chiqaradi. Bu sohada faoliyat yurituvchi ba’zi manbalarning jurnalistlarga xabar berishicha, sotuvga iPhone 6s, iPhone 6s Plus va 4-dyuymli iPhone 6c smartfonlari chiqariladi.
Barcha uchta model LTPS-ekranlar bilan jihozlanadi, iPhone 6s Plus va iPhone 6c uchun dipsleylarni Japan Display, Sharp va LG Display, iPhone 6s uchun esa Display va LG yetkazib beradi. DigiTimes’dagi manbalarning xabar berishicha, Apple’ning yangi smartfonlari Corning Gorilla Glass himoya oynasi bilan ta’minlanadi. iPhone 6s va iPhone 6s Plus’ga Apple A9 chipi, iPhone 6c’ga A8 chipi o‘rnatiladi. iPhone 6c’ni Wistron kompaniyasi, iPhone 6s va iPhone 6s Plus’ni esa Foxconn Electronics va Pegatron kompaniyalari ishlab chiqaradi.
Apple yangi modellarni sentyabrda sotuvga chiqaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 6s va iPhone 6s Plus 2 Gb tezkor xotira hamda Apple Watch soatlarida, yangi MacBook’ning trekpadlarida va 13 dyuymli MacBook Pro’da ishlatiladigan Force Touch sensor ekrani texnologiyasi bilan jihozlanadi.