Apple iPhone’ni pult qilib ishlatish borasida ish olib bormoqda!
Apple kompaniyasi iPhone smartfonini masofadan turib qo‘llaniladigan pult sifatida ishlatish uchun dasturiy platforma ishlab chiqmoqda, deya xabar berdi Gazeta.ru.
Ta’kidlanishicha, ushbu dastur yordamida yoritish va xavfsizlik tizimlari kabi uy qurilmalarini boshqarish mumkin bo‘ladi.
2-iyun kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Worldwide Developer Conference anjumanida Apple kompaniyasi Google va Samsung bilan “aqlli” uy uchun texnologiyalar sohasida raqobatlashmoqchi.
Nashrning eslatishicha, yanvar oyida Google “aqlli” termostat ishlab chiquvchi Nest Labs kompaniyasini sotib olgan, Samsung esa yaqinda Smart Home “aqlli” maishiy texnika lineykasini taqdim etgan edi.