Anushka Sharma: «Erim bilan birga bo‘lishga vaqt topolmayapman…»
Anushka Sharma va Varun Dxavan yangi filmi — «Sui Dhaaga — Made In India»ning treylerini taqdim etdi. Film «Yash raj Films» banneri bilan chiqdi deb yozadi"Hordiq" nashri.
Anushka bu loyihada kashtachini, Varun esa uning eri — tikuvchini o‘ynagan.
Treyler taqdimotida Anushka jurnalistlar bilan muloqot qildi. O‘zinikidan farq qiluvchi uy bekasi hayoti haqidagi savolga aktrisa shunday javob berdi: «Men 15 yoshimdan beri ishlayman, hozir ishlayapman, turmushga chiqqanimdan keyin ham ishni tashlamadim. Ammo rejissyor Sharat Katariya menga bergan bu uy bekasi o‘zimni erli ayol sifatida his qilish va uyga qarashni esimga soldi. Men bu ishni avval qilmaganman. To‘ydan keyin erim bilan o‘tkazadigan bo‘sh vaqtim ham deyarli yo‘q».