“Google”ning “Android Device Manager” (www.google.com/android/devicemanager ) xizmati yoki boshqa yo‘qolgan telefonni topishga xizmat qiluvchi dasturlar yordamida yo‘qolgan telefoningizni topishingiz, uni qulflab qo‘yishingiz yoki undagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlashingiz mumkin. Android qurilmangizdagi ma’lumotlarni ham vaqti-vaqti bilan boshqa joyga saqlab turishni unutmang. Uni kompyuteringizga yoki yordamchi dastur-ilovalar yordamida onlayn axborot saqlash saytlariga ko‘chirib o‘tkazib qo‘yishingiz mumkin. Androidning ichki sozlamalar (Settings) paneli orqali ham “Google”da ochilgan profilingiz bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni saqlab qo‘yishingiz mumkin.