Andijonlik kishi ariq tozalayotganida avtomat topib oldi
Andijon shahrida yashovchi Murodjon Xoldorov "Jahon bozori" savdo majmuasi yaqinida ariq tozalayotgan vaqtida Kalashnikov avtomatini topib olgan va uni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirgan. Bu haqda 12news.uz nashri muxbiri o‘z manbasiga asoslanib xabar bergan.
"Ayni vaqtda bu qurol qay tariqa bu hududda paydo bo‘lib qolganiga oydinlik kiritilmadi", deb ma’lumot bergan manba.
Xabar qilinishicha, shu shaharda yashovchi Nuriddin Hakimov ham o‘zi topib olgan "PM" markali to‘pponchani milisiya xodimlariga olib kelib bergan.