Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda 3 nafardan ortiq kishining bir joyda to‘planishi taqiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, 27 mart soat 10:00 dan e’tiboran viloyatlararo transport vositalari (avtobus, avtomobil, shaharlararo taksi, avia, temir yo‘l transporti)ning harakati (yuk tashish hollari bundan mustasno) butunlay to‘xtatiladi. Bunda muayyan hududga taaluqli avtotransportlarning (tranzit) o‘z hududlariga kirib borishiga ruhsat beriladi.
Bundan tashqari, viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi.
Mamlakatimiz fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida zarur bo‘lmagan hollarda (xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari hamda jamoat tashkiloti xodimlaridan tashqari), uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi. O‘ta zarur hollardagina ko‘chaga chiqqanda (dorixona, oziq-ovqat do‘konlari) – shaxsiy himoya vositasi (niqob)da bo‘lishi shart. Bordiyu fuqarolar uyidan tashqariga shaxsiy himoya vositasi (niqob)siz chiqsa, qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Ya’ni, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida – 1 115000 ming so‘m jarima qo‘llaniladi.
Shuningdek, epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masafo saqlashi shart. Ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi. Bu ta’qiq bir vaqtda harakatlanayotgan oilaga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Respublika hududidagi barcha ko‘ngilochar ob’ektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik sub’ektlari (uyga yetkazib berish xizmati bundan mustasno) mamlakatdagi epidemiologik holat barqarorlashmaguniga qadar faoliyatini to‘xtatmay, davom ettirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan keskin jazo choralari ko‘rilmoqda.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2832 | Рейтинг: 0| Рейтинг: karantin, ortiq, 3 nafar, bir joyda, kishi, to‘planishi taqiqlandi, O‘zbekistonda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное