Andijonlik valyutafurushlar 26 mln so‘m bilan qo‘lga tushdi
Andijonlik valyutafurushlar 26 mln so‘m bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, V. Jalilov va N. Qodirovlar Andijon bozorlaridan birida fuqaro A. Abdullaevga 6 900 dollarni 26.758 mln so‘mga sotayotganida qo‘lga olingan.
Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.