Amerikaning ikki shtatida otishma sodir bo‘ldi, qurbon bo‘lganlar bor
Amerikaning Michigan va Pensilvaniya shtatlarida 20-iyun, yakshanbaga o‘tar kechasi ikkita otishma yuz berdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Michigan shtatining Detroyt shahrida yosh bolaning tug‘ilgan kuni nishonlanayotgan basketbol maydonchasida yuz bergan otishma natijasida bir kishi vafot etdi, sakkiz kishi yaralandi. 21 yoshli erkak otishma qurboni bo‘ldi, bolalar jabrlanmadi.
Bir vaqtning o‘zida g‘arbiy Filadelfiya (Pensilvaniya shtati) ko‘chalaridan birida qurollangan erkak piknik uchun to‘plangan kishilarga qarata o‘q ochdi. Yetti kishi, shu jumladan ikki va o‘n yoshli bolalar ham yaralandi.
Har ikkala holat bo‘yicha o‘q otgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q, bosqinchilik sabablari noma’lum.