Somalining Abud-vak shahrida jangarining o`q uzishi oqibatida 6 kishi halok bo`ldi, 15 kishi yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Nashr bergan ma`lumotga ko`ra, jangarining qo`lida Kalashnikov avtomati bo`lgan. Jinoyatchining o`q uzishi oqibatida oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish markaziga kelgan musulmonlar jabrlandi. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatildi. Bo`lib o`tgan voqea yuzasidan javobgarlikni mamlakatda faoliyat yurituvchi terrorchilik tashkilotlaridan biri o`z bo`yniga oldi.