Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Angliyaning “Arsenal” klubidagi hissalarini sotib yuborishni o‘ylamoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi. Usmonov AQSh sport magnati Sten Kronke o‘z ulushini hech qachon sotmasligini tushungani uchun shunday qilishga qaror qilgan. Usmonovga ingliz klubining 30 foiz aksiyalari tegishli. U Kronkedan hissalarini sotib olishga uringanda. Milliarder har qanday taklifni rad qilgan. Bu qaror “Arsenal” nazorati uchun ikki milliarder o‘rtasida borgan kurashning nihoyasi bo‘ladi. O‘tgan yilning oktabr oyida Usmonov hissasi uchun Kronke taklif qilgan 525 million funt sterlingni rad qilgandi. Bir necha oy avval, Alisher Usmonov Kronkening 67 foiz aksiyasini sotib olish uchun 1,3 milliard dollar taklif qilgan va rad javobi olgan.
Sunnatilla Abdullaev