Marhum san’atkor Inog‘om Odilovning farzandi - aktyor, rejissyor Oybek Odilov xastalik tufayli bugun olamdan o‘tdi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi ma’lum qildi.
Oybek Odilov ilk bor Zulfiqor Musoqovning "Ayol zoti" serialida tomoshabin nazariga tushgan. Rejissyor sifatida "Osmon yaqin" filmini suratga olgan.
Shuningdek, mohir dublyaj aktyori sifatida ham o‘ziga xos ovoz sohibi edi.
"Uning yorqin xotirasi hamkasblari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. Sirli tabassumi esa o‘zbek kinosining ekranlarida barhayot", - deyiladi "O‘zbekkino" xabarida.
"Darakchi" tahririyati jamoasi marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi.