O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov olamdan o‘tdi
O‘zbekiston xalq artisti, ko‘plab o‘lmas qo‘shiqlar ijrochisi Kamoliddin Rahimov 2015-yil 25-fevral kuni 72 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Ma’lumot uchun, ustoz san’atkor 1943-yil 12-yanvarda Namangan viloyatida dunyoga kelgan. 1987-yil O‘zbekiston Madaniyat va san’at institutini tugallagan. Uning “Nargiz”, “Qaydasan”, “Tortadur”, “Yarashmas”, “Dildorim erursan” singari qo‘shiqlari xalq ko‘nglidan joy olgan.
25.02.2015.kunida Özbekiston xalq artisti Komoliddin Rahimov vafot etdilar.Janoza namozi shu kuni asr namozi vaqtida mahalliy Yosh texnik dep nomlanuvchi masjidda uqildi.Ustozning shogirdlariga farzandlariga oila a'zolariga taziyamni izhor etaman.janoza namozida 10.000 mingga yaqin insonlar qatnashdi ular orasida uzim ham mendek muxlislari shogirdlari mahalladoshlari qatnashdilar