O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist olamdan o‘tdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Miraliyev olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
O‘zbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev “Tilla buva” (2011), “Uchar otlar” (2011), “Qovun” (2012), “Jasur” (2011), “Arosat” (2009), “Chavandoz” (2007), “Armon” (1987) kabi ko‘plab filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan.
“ ‘O‘zbekkino’ milliy agentligi jamoasi hamda O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi”, — deyiladi “O‘zbekkino” xabarida.