27 yoshli yigit otasini dazmol bilan urib o‘ldirdi
Buxoro viloyatining Vobkent tumanida oilaviy janjal natijasida27 yoshli yigit otasini dazmol bilan urib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma’lum bo‘lishicha, 9 aprel kuni soat 23.45larda, “Rabotohun” MFY Binokor ko‘chasi 6-uyda yashovchi, 1991 y.t. Bahriddin Nazarov uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi otasi, 1964 y.t. Fahriddin Nazarovning boshiga dazmol bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada Fahriddin Nazarov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Bahriddin Nazarov qo‘lga olingan.