Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Zerda - Soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

24 yoshida keksa kishi kabi ko‘rinuvchi yigit o‘zining juftini topdi

Kamdan-kam uchraydigan irsiy kasallik qozog‘istonlik Nurjon O‘rkeshboyevga o‘z juftini topishga xalaqit bera olmadi.
Nurjon 24 yoshda, biroq uzoq vaqt yashagan qariya ko‘rinishiga ega. Atirau viloyatida yashovchi bu yigit kamyob irsiy kasallik – vaqtidan oldin qarish kasalligidan aziyat chekadi. Hammasi bo‘lib dunyoda bunday kasallar soni 80 nafarni tashkil qiladi, Nurjon esa Qozog‘istonda bunday kasallikka uchragan yagona inson hisoblanadi.
Yigitning ota-onasi farzandining yuzida o‘zgarishlar bo‘layotganini u 4 yosh bo‘lganda payqay boshlashgan, 5 yoshda esa unga “progeriya” tashxisi qo‘yildi. Nurjon 6 yoshida xuddi 70 yoshli chol kabi ko‘rinishiga ega edi.
Hozir Nurjon ayni kuchga to‘lgan payti. 2011 yilda jarrohlar Bo‘lat va Oygul Bayirovlar yigitni tekshirib, yigitda kasallikning yengilroq shakli bo‘lib, unda faqatgina terining o‘zi aziyat chekishini aniqlashdi. Qoida bo‘yicha vaqtidan oldin qarish ichki organlarga ham ta’sir qiladi. Ko‘pincha bunday kasallar tug‘ilganidanoq aziyat chekib, kamdan-kam holatda balog‘at yoshigacha yetib boradi.
Olma-otada Nurjonga bir nechta plastik operatsiya qilindi. Shifokorlar yigitning boshida katta murakkabliklar bo‘lishiga qaramasdan, u juda xushchaqchaq va kirishimli ekanini aytishmoqda.
Yaqinda Nurjon O‘rkeshboyev uylandi. Uning to‘yi 7 avgustda, Nurjonning tug‘ilib o‘sgan makoni – Atirau viloyatining Mukur posyolkasida bo‘lib o‘tdi. To‘yda 500 ga yaqin odam mehmon bo‘ldi. Bu nikohga taniqli rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ham taklif etilgan edi. 2012 yilda Nurjon uning ko‘rsatuviga borgan edi. Biroq bu gal shoumen bilan Nurjonning uchrashuvi amalga oshmadi, uning kelishini bu yerda hamma kutgan edi. 
Nurjon o‘zining rafiqasi Asomgul bilan bir necha yil uchrashib yurib, shifoxonadan chiqqandan keyin oila qurish niyati borligi haqida qizga aytgan. Kuyovning aytishicha, to‘y xursandchilik va to‘kin-sochinchilik bilan o‘tdi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 25125 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Yigit, juftini topdi, yosh, 24 yoshlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Damir_95_ Baxtli bolilar
Like | 0
admiral777 Qiziq wunaqa böliwi mumkinmi???
Like | 0
NaTaLi Baxtini bersin
Like | 0
★Dorishunos092★ Baxtli bolishsin.....
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное