Fransiyadagi musiqiy festivalda 35 yoshli xonanda vafot etdi. Bunga sabab uni tok urib o‘lgan. Voqea Barbara Veldensning Goudron qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan musiqiy tadbir vaqti yuz bergan.
Avvaliga atrofdagilarga xonanda qattiq toliqish sabab hushsiz yiqilgandek tuyulgan, ammo tez yordam kelgach, aniq bo‘ldiki, Barbara Veldensning yuragi to‘xtab qolgan.
Taxminlarga ko‘ra, yosh xonanda mikrofonni almashtirayotgan vaqti tok urib o‘lgan. O‘lim sabablari hozir aniqlashtirilmoqda.