Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

2018 yildan malaka oshirmagan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi


2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotranport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar ikki yilda bir marta malaka oshiradilar. Bu haqda O‘zA xabarbermoqda.

Haydovchilarga malaka oshirgani to‘g‘risida “Avtotest Report” MChJ o‘quv kompleksining sertifikati topshiriladi. 2018 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boshqargan haydovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 sentyabrda qabul qilingan “Innovasion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan.

Bu qaror orqali yo‘l harakati, fuqarolar hayotining xavfsizligi ta’minlanadi, YTHdan ogohlantirish chora-tadbirlarini kuchaytiriladi.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5252 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’muriy javobgarlik, 2018 yil, malaka oshirmagan, Haydovchilar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует o'zi mashina haydamaydigan zamon bo'ldimi deyman aa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное