2018 yilda qaysi rang urfda bo‘lishi e’lon qilindi
“Pantone” tadqiqot markazi kirib kelayotgan 2018 yilning eng asosiy ranggini e’lon qildi. Bu Ultra Violet deb ataluvchi binafsha rang topildi.
Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, bu rang insonni ijodiy ilhomlantirish qobiliyatiga ega.
Aytish kerakki, joriy yilda yashil-sariq tus eng ommabop rang deb topilgandi.
“Pantone Color Institute” 2000 yildan buyon eng ommabop ranglarni aniqlab keladi. Koloristlar moda, kosmetologiya, sanoat, grafik va interer dizaynsohalaridagi mutaxassislar bilan tahlil qilgan holda o‘z xulosalarini e’lon qilishadi.